Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganliklar ham “Yangi nafas”da marrani zabt etdi
14:25 / 2023-11-19

FOTOREPORTAJ

Erta tongdan boshlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi Namanganda ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Hatto, yomg‘irli havo ham 500 ga yaqin ishtirokchining musobaqada qatnashishiga to‘sqinlik qilmadi.  

Musobaqa ochilishida ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari G‘. Murodxo‘jayev barcha qatnashchilariga omad tiladi.  

Ishtirokchilar Namangan shahridagi “Grand Sherdor” mehmonxonasi oldidan “Uch favvora” xiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Ular orasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, hattoki, chet elliklar ham bor.  

[gallery-14679]

Marrani birinchilardan zabt etgan g‘olib sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA