Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik to‘rt nafar o‘quvchi muddatidan avval AQSH universitetlari talabasi bo‘ldi
12:55 / 2021-02-01

Yuksak marralar, baland cho‘qqilar ilm-ma’rifat bilan egallanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda Prezidentimiz ta’kidlagan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida yoshlarni ilmu ma’rifatli, har jihatdan yetuk, yurt istiqboliga kamarbasta bo‘ladigan munosib farzandlar etib tarbiyalash eng muhim mezonga aylangan.

Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida ham ta’lim-tarbiya jarayonlari ayni shu ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda namunali olib borilmoqda. Buning samarasi o‘quvchilarning muvaffaqiyat sari intilishi va qo‘lga kiritayotgan yutuqlarida o‘z aksini topmoqda.

Ta’lim dargohining 11-sinf o‘quvchilaridan to‘rt nafari yaqinda ingliz tili bo‘yicha "IELTS" sinovlarida 6,5 – 7 ballni qo‘lga kiritish asnosida zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi, iqtidori va tafakkuri e’tirofi sifatida muddatidan avval Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli universitetlar talabaligiga qabul qilindi.  

Sarvar Akimov xalqaro Vebster universitetida “Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha, Jahongir Odilov mazkur universitetda “Ishbilarmonlik boshqaruvi” yo‘nalishida tahsil oladi.  

Jahongir Muhammadjonov va Mahsudjon Aminov esa Ogayo shtatidagi Xalqaro Ksave universitetida xuddi shu yo‘nalishlarda oliy ta’limni egallashadi.  

E’tiborlisi, AQSH oliy ta’lim muassasalari namanganlik zukko yoshlarning tahsil olishi uchun 80 mingdan 88 ming dollargacha bo‘lgan miqdorda grant tayinladi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA