Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik tekstilchilar brend bilan ishlash bo‘yicha respublikada yetakchi
19:55 / 2025-09-16

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kunda viloyat sanoatining uchdan biri, eksportining yarmi to‘qimachilik sohasiga to‘g‘ri keladi. 

Namanganlik tekstilchilar brend bilan ishlash bo‘yicha respublikada yetakchi ekan ta’kidlandi. 

Investitsiya olib kelish va brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun bir oyda viloyatda alohida loyiha ofisi ochiladi. Xalqaro sertifikat olgan tekstil korxonalari 50 taga yetkaziladi. 

Mutasaddilarga yil yakunigacha Varshava va Londonda kamida 1 ming kvadrat metrli savdo uylarini tashkil qilish topshirildi. 

Umuman, viloyatda bu yil to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 500 million dollarga yetkazish, ikki yilda 1 milliard dollarlik 25 ta yirik loyihani ishga tushirish mumkinligi qayd etildi. 

O‘zA