Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik talabalar konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol qatnashmoqda
17:26 / 2022-06-29

Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ham Bosh Qomusimizning yangi tahriri uchun tegishli takliflarini ilgari surdi.

Institutda muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonga aylanib borayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazilib, unda prorektorlar, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari va talabalar ishtirok etdi.  

Muloqotda Konstitutsiyani takomillashtirish borasidagi ishlar ko‘lami yuzasidan ma’lumotlar berildi. Davra suhbati davomida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida nazarda tutilgan eng asosiy normalarga to‘xtalib o‘tildi.  

– Aytish kerakki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Qolaversa, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda, – deydi Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, professor Odiljon Mamatkarimov – Ushbu siyosiy jarayonda talabalar va professor-o‘qituvchilarimizning faol ishtiroki ahamiyatlidir. Guvohi bo‘lyapmizki, Konstitutsiyamizga taklif berish jarayonida xalqimiz faol.  

Uchrashuvda Konstitutsiyamizning har bir bo‘limiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, buning zarurati va ahamiyati xususida batafsil so‘z yuritildi. Qatnashchilarning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA