Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik tadbirkorlarga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirildi
23:16 / 2025-08-19

FOTOREPORTAJ

Prezidentimizning kuni kecha imzolangan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan yurtimizda tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish borasidagi xizmatlari, shuningdek, biznesda erishayotgan salmoqli natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi munosib ishtiroki uchun bir guruh yurtdoshlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida Namangan viloyati vakillari ham bor. 

[gallery-24837]

Namangan viloyati hokimligida mukofotlarni egalariga topshirish marosimi o‘tkazildi. 

Viloyat rahbari Shavkat Abdurazzoqov o‘z tabrik so‘zida yurtboshimiz e’tirof etganidek, Namangan tadbirkorlar yurti, kichik va o‘rta biznes markaziga aylangani va keyingi yillarda viloyat ishbilarmonlari yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, katta yutuqlarga erishayotganini alohida ta’kidladi. 

“Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshirildi.

O‘zA fotomuxbiri

Hotam MAMADALIEV olgan suratlar