Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik tabiat-sevarlar Ekopartiyani qo‘llab-quvvatlaydi
15:19 / 2024-10-17

O‘zbekiston Ekologik partiyasi atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi uchun qulay va ekologik xavfsiz hayot sharoitlarini yaratishga qaratilgan qator amaliy dastur va g‘oyalari bilan mamlakatimiz siyosat maydonida munosib o‘rinni egallab kelmoqda.

“Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida ekologik barqarorlikka erishish hamda kelajak avlod uchun sogʻlom tabiiy muhit qoldirishdek xayrli maqsad-tashabbuslarni ilgari surayotgan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi va undan deputatlikka koʻrsatilgan nomzodlar ayni fursatda saylovoldi tashviqotiga zoʻr bermoqda.

Xususan, parlament deputatligiga 24-Namangan saylov okrugidan qoʻyilgan nomzod – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari, Ekopartiya fraksiyasi rahbari Xayrullo Gʻafforov Namangan viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashib, saylovoldi dasturi xususida tushunchalar berdi.

Jumladan, Namangan tumanidagi 5-sonli musiqa maktabida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar ishtirok etdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan tadbirda nomzodlar ishtirokchilarni oʻz saylovoldi dasturi, tarjimayi holi, hududni va umuman, respublikani rivojlantirishga doir koʻplab savollariga javob berdi.

Xususan, Oliy Majlis deputatligiga nomzod Xayrullo Gʻafforov dasturida aholining yetakchi “yashil” universitetlarida qoʻllaniladigan ilgʻor taʼlim dasturlari, innovatsion pedagogik uslublar va texnologiyalarni oʻzlashtirgan holda tegishliligi boʻyicha taʼlim dasturlariga moslashtirish va joriy etish, yoshlar, xotin-qizlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish kabi ustuvor vazifalarning belgilanganini taʼkidladi.

Ekopartiyadan parlament va mahalliy Kengashlarga koʻrsatilgan nomzodlar bilan navbatdagi uchrashuv Yangiqoʻrgʻon tumani madaniyat markazida tashkil etildi. Unda partiya faollari, ekologlar, atrof-muhitga befarq boʻlmagan taʼlim fidoyilaridan iborat 120 ga yaqin saylovchilar qatnashdi.

Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 26-Namangan saylov okrugidan qoʻyilgan nomzod – Muhammadsharif Soʻfizoda nomidagi Namangan viloyati bolalar kutubxonasi direktori Zulxumor Toʻraxoʻjayeva Ekopartiyaning atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi saqlash, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” energetikani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish va bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan kelgusi besh yillikdagi ustuvor vazifalari xususida tushuncha berdi.

Uchrashuvlarda soʻzga chiqqan saylovchilar bugungi ekologik holatni inobatga olgan holda, 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi va uning nomzodlarini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdi.

Oqilxon Dadaboyev, OʻzA.