Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik suv polochilar O‘zbekistonda tengsiz
10:06 / 2024-06-13

Angren shahridagi «Delfin» suv havzasida U17 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasidagi suv polosi bo‘yicha mamlakat birinchiligida final bahslari o‘tkazildi.

So‘nggi hal qiluvchi final bahsida Namangan jamoasi 17-1 hisobida Jizzax viloyati jamoasidan ustun kelgan bo‘lsa, Toshkent viloyati jamoasi farg‘onalik tengdoshlaridan 12-0 hisobida ustun keldi.  

Shu tariqa, Namangan jamoasi suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempioniga aylandi. Toshkent va Farg‘ona jamoalari ikkinchi hamda uchinchi pog‘onadan o‘rin oldi.  

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yigitlar toifasida saralash bahslari o‘tkazilmoqda. Unda Namangan jamoasi yirik 16-6 hisobida Sirdaryo jamoasini yengdi. Poytaxt jamoasi esa Toshkent viloyatini 16:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA