Namanganlik suv polochilar O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldi
Poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha U13 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati superfinali yakunlanib, yigitlar va qizlar o‘rtasida g‘olib hamda sovrindor jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Musobaqaning so‘nggi kunida qizlar o‘rtasida Xorazm va Namangan viloyati jamoalari bahsi 19:21 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Jizzax 14:3 hisobida Surxondaryoni taslim qildi. O‘g‘il bolalar bellashuvida Namangan suv polochilari poytaxtlik raqiblarini 19:11 hisobida yengdi. Jizzax esa 13:2 hisobida Farg‘ona jamoasidan ustun keldi.

Shu tariqa, yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan viloyati yigitlar va qizlar jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Jizzax suv polosi jamoasi har ikki toifada bronza medaliga loyiq ko‘rildi. Qizlar o‘rtasidagi kumush medal Xorazm, yigitlar orasida esa Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA