Toshkent shahridagi “Qushbegi” sport majmuasida o‘smirlar va kattalar o‘rtasida “Unifight” bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etdi.
Ular orasida Namangan viloyati sharafini himoya qilgan “Yosh gvardiyachilar” sport maktabi vakillari yuqori natijalar qayd etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, musobaqaning klassik jang yo‘nalishida Behruzbek Muhammadjonov, Akmaljon Rahmonjonov, Nigora Zuhriddinova va Muazzamxon Nozimboyeva barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritan bo‘lsa, Nodirbek Bekmirzayev va Mushtariybonu Lutfiddinova kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, Allohberdi Yusufjonov, Ismoil Abdulboqiyev, Azizbek Nabijonov va Ulug‘bek Satimov o‘z yo‘nalishlarida bronza medal bilan taqdirlandi. Pichok otish dasturida Diyora Abdusalomova kumush, Maftuna Karimjonova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Namangan viloyati jamoasi mamlakat kubogida turli yo‘nalishlar bo‘yicha 6 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA