Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik sportchilar mamlakat kubogi sohibi
16:56 / 2021-03-15

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashining “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021 yilgi kalendar rejasi”ga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan shu yilning 10-13 mart kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida Namangan viloyati terma jamoasi munosib ishtirok etdi.

Musobaqaning yakka tartibdagi bahslarida viloyat terma jamoa a’zolari – Tamila Qo‘chqorova, Islombek Turg‘unov, Diyora Valijonova va Doniyor Qurbonaliyev faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 

[gallery-1566]

Musobaqaning umumiy natijalariga ko‘ra, viloyat terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, mamlakat kubogi sovrindori bo‘ldi.  

 

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA