Namanganlik sportchilar jahon chempionati sovrindori
Tailand poytaxti Bangkok shahrida jiu-jitsu bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning 80 dan ziyod mamlakatidan ming nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Quvonarlisi musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan sport ustalari o‘rtasida Namangan viloyati Davlatobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari – Rayhona Ortiqbayeva kumush, Adibaxon Isoxonova, Diyora Abduvohidova, Muxtasar Mahmudxanova bronza medalini qo‘lga kiritdi.




Bu yutuq nafaqat Davlatobod tumani, balki butun mamlakatimiz jiu-jitsu jamoasining xalqaro maydondagi muhim natijasi sifatida qayd etildi.
Javohir Toshxo‘jayev, Xotam Mamadaliyev (surat), O‘zA.