Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik senator viloyatning olis tumanida murojaatlar bo‘yicha qabul o‘tkazdi
15:03 / 2021-02-13

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmudjon Parpiyev Namangan viloyatining Pop tumanida fuqarolardan Senatga qilingan murojaatlar bo‘yicha qabul o‘tkazdi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohiy o‘zgarishlar, xalqimizning munosib turmush kechirishi yo‘lida ko‘rilayotgan choralar, ayniqsa aholini rozi qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ham samarali natijalar bermoqda. Shu ma’noda Oliy Majlis Senatiga mamlakatimizning turli hududlaridan kelib tushayotgan har qanday masala e’tiborga olinib, murojaatlar o‘z joyida senatorlarning bevosita ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.

“Obod” mahalla fuqarolar yig‘inining  shu nomli ko‘chasida yashovchi  fuqaro Gulzoda Turopova bir nafar farzandi bilan ota uyida yashaydi. Oilaviy turmushi buzilgan. Kreditga tikuv mashinasi olib ro‘zg‘orini zo‘rg‘a yuritadi. Bemor onasi va ikki inisi bilan ota uyida qolayotgani sabab imtiyozli uy olish uchun ariza bergan. Biroq masala anchadan beri yechilmaydi. Natijada u Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaga murojaat qildi. O‘rganish va muloqot natijasida beva ayolning arizasi qanoatlantiriladigan bo‘ldi.

Pop tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Mahmudjon Imomnazarov rahbarligida mutasaddilar bir oy muddatda Gulzoda Turopovani uy-joy bilan ta’minlashni zimmalariga oldi.

Chodak qishlog‘i Boyon mahallasida istiqomat qiluvchi Bahodir Qobilov va turmush o‘rtog‘i hozirda ishsiz. Shuningdek, Chodakboshi mahalla fuqarolar yig‘inidan Dilorom Zuhriddinova, Pillakash mahallasidan O‘tkirjon Sultonov singari o‘nlab fuqarolar murojaatlari bo‘yicha tahliliy xulosalarga kelinib, tegishliligi bo‘yicha  hal etiladigan bo‘ldi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA