Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik qizlar g‘olib
15:38 / 2015-11-23

Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining oltinchi tur bahslari yakunlandi.

Futbol bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida V O‘zbekiston birinchiligining oltinchi tur bahslari yakunlandi.

Namanganning “Navbahor lochinlari W” jamoasi Qarshining “Sevinch-2” jamoasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ular Toshkentning “Paxtakor W”, Jizzaxning “Jizzax”, Samarqandning “Dinamo plyus W” futbolchilaridan 1:0 hisobida ustun keldi. O‘tgan turda namanganliklar Termizning “TerDU-Surxon” jamoasiga 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Bu galgi turda “Navbahor lochinlari W” jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Termizliklar ushbu turda “Jizzax”, “Dinamo plyus W” va “Sevinch-2” jamoalarini 2:0, “Paxtakor W” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Oltinchi turdan so‘ng 73 ochko bilan “Navbahor lochinlari W” jamoasi birinchi, namanganlik qizlardan to‘rt ochko kam jamg‘argan “TerDU-Surxon” jamoasi ikkinchi, jizzaxliklar 42 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.