FOTOREPORTAJ
O‘zbek an’anaviy to‘qimachiligining eng yorqin namunalari orasida so‘zana alohida o‘rin egallaydi. Uning sehri naqshlarining jozibadorligi, ranglarining uyg‘unligi va nozikligida namoyon bo‘ladi.
Namangan shahridagi 29-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sanobar Inomova ana shunday bebaho san’atga mehr qo‘yib, uni jonli saqlayotgan iste’dodli yoshlardan. U 6 yoshiligidanoq onasi Ma’suma Muhiddinovadan so‘zana tikish sirlarini o‘rganib keladi. Bugunga kelib esa, iqtidor egasining yaratayotgan mahsulotlari nafaqat yurtimizda, balki Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi xorijiy mamlakatlar bozorlarida ham xaridorgir.
[gallery-24512]
So‘zana yaratish — sabr, ishtiyoq va katta mehnatni talab etuvchi jarayon. Har bir mahsulotni tayyorlashga 10 kundan 1 oygacha vaqt ketadi. Undagi har bir gul, har bir rang — oila, tinchlik, muhabbat, do‘stlik kabi ulug‘ tushunchalarning badiiy ifodasidir. Ayniqsa, haqiqiy ipakdan tikilgan mahsulotlar san’atning eng nozik va qadrlisi hisoblanadi.
Bejirim so‘zanalarning 30 million so‘mgacha baholanayotgani, ushbu kasb ortidan oyiga 5-12 million so‘mgacha daromad olinayotgani hunar egasining qanday darajada kamolga yetganidan dalolatdir.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA