Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik o‘quvchilar “Qo‘qon olimpiadasi”ning viloyat bosqichida bellashdi
20:18 / 2021-02-25

Namangan Davlat universitetida matematika fani bo‘yicha “Qo‘qon olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘ziga xos bilimlar bahsida 5-11 sinflardagi 384 nafar o‘quvchi bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Jarayonlarda ishtirok etgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Rustamjon Isroilov, Qo‘qon universitetining ilmiy-tadqiqot departamenti mutaxassisi Oybek Rahimberdiyevlar o‘quvchilarga omad tilab, yuqori natijalarga erishish uchun bor bilim va salohiyatlarini namoyon etishga chorladilar.

Qo‘qon universiteti, Davlat test markazi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining mas’ul xodimlari olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini kuzatib borgan holda eng bilimli o‘quvchilarni aniqlashda ishtirok etdi.

Olimpiadaning Respublika bosqichida viloyatda g‘olib bo‘lgan 15 nafar o‘quvchi qatnashadi. E’tiborlisi, Respublika miqyosida yuqori o‘rinlarni egallaydigan o‘quvchilarga avtomobillar sovg‘a qilinadi va ular uchun Qo‘qon universitetiga imtiyozli o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA