Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik o‘quvchilar autsorsing shaklida ingliz tilini mukammal o‘rganmoqda
16:18 / 2022-03-29

FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 28 yanvar kuni Davlatimiz rahbari raisligida maktab ta’limini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda qabul qilingan qaror va belgilab berilgan vazifalar bugun xalq ta’lim tizimining davlat siyosatidagi asosiy masalalaridan biri ekanini ifodalaydi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Namanganda viloyatining barcha shahar va tumanlaridagi 29 ta maktabda autsorsing shaklida ta’lim jarayonlari samarali yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu yo‘nalishdagi ta’limga ehtiyojmand oilalarning farzandlaridan iborat jami 580 nafar 10-sinf o‘quvchisi qamrab olindi. Ularga tender tanlovi asosida saralab olingan eng nufuzli nodavlat ta’lim muassasalarining malakali o‘qituvchilari uzluksiz 1 yil davomida ingliz tili saboqlarini mukammal o‘rgatadi. Natijada esa, o‘quv kurslariga jalb qilingan o‘quvchilarning IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ana shu maqsadda yo‘lga qo‘yilgan o‘quv kurslari mashg‘ulotlari qizg‘in va samarali, muhimi, jiddiy e’tibor bilan olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlarga kreativ yondashilayotgani hamda ilg‘or-zamonaviy pedagogik texnologiyalar amalda samarali qo‘llanayotgani o‘quvchilarning ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishida qo‘l kelmoqda.

Ta’kidlash joiz, loyiha qiymati 1 milliard 824 million so‘mdan iborat bo‘lgan autsorsing ta’lim jarayonlari mutlaqo bepul tashkil qilinib, nodavlat ta’lim muassasalarining bu boradagi faoliyati viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahalliy byudjetdan orttirilgan mablag‘lar hisobiga qoplab beriladi.

[gallery-6346]

Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA