Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik o‘quvchilar agrar soha uchun innovatsion dron yaratdi (+video)
10:53 / 2026-02-24

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari informatika fani o‘qituvchisi Jahongir Nurmamatov rahbarligida “Obi dron” nomli uchuvchisiz uchish qurilmasini ishlab chiqdi.

To‘rt oy davom etgan izlanishlar natijasida yaratilgan apparat 3D printerda tayyorlangan PEON 250 rusumidagi mustahkam rama asosida yig‘ilgan. Qurilma to‘rtta elektr motor, parraklar, elektron boshqaruv bloki hamda quvvat tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 700 metr balandlikkacha ko‘tarilish imkoniyatiga ega.

Dron boshqaruv tizimiga Arduino Nano mikrokontrolleri o‘rnatilgan. Barqaror parvozni ta’minlash maqsadida MPU-6050 sensori integratsiya qilingan. Masofaviy boshqaruv FlySky FS-ES6 pulti orqali amalga oshiriladi.

Ayni vaqtda qurilmani takomillashtirish, jumladan, yuqori aniqlikdagi kamera o‘rnatish va kontur xaritalarni dasturiy ta’minotga joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Bu qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini masofadan kuzatish, ekin holatini tahlil qilish, sug‘orish jarayonlarini monitoring qilish hamda resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.

[gallery-27814]

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday innovatsion ishlanmalar mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, import o‘rnini bosuvchi texnologiyalarni joriy etish va agrosanoat tarmog‘ida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iH1JrAahbPU" title="Namanganlik o‘quvchilar agrar soha uchun innovatsion dron yaratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

                                                                                             Hotam MAMADALIEV (surat, video), O‘zA