Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik hamshiralar Germaniya shifoxonalarida ishlashi mumkin
11:43 / 2024-07-19

FOTOREPORTAJ

Shunday taklif bilan Shveysariya Konfederatsiyasining “Globogate Concept AG” tashkiloti rahbari Johannes Meyer boshchiligidagi delegatsiya vakillari Namanganga keldi.  

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mehmonlarni qabul qildi. 

Uchrashuvda hamkorlik doirasida namanganlik o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini nemis tiliga o‘qitish va dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni Germaniya shifoxonalarida bandligini ta’minlash loyihasi muhokama qilindi.   

Har ikki tomon loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusidagi hamkorlik yuzasidan kelishib oldi.   

[gallery-18328]

Muloqot yakunida Namangan viloyati hokimligi bilan Shveysariya Konfederatsiyasining “Globogate Concept AG” tashkiloti rahbariyati o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA