Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik fermer oʻzbek–rus biznes muloqoti yangi eshiklarni ochganini aytmoqda
12:37 / 2018-10-19

Jahongirmirzo Qosimov, Namangan viloyatidagi “Jahongirmirzo ShSHXT” fermer xoʻjaligi rahbari:


Jahongirmirzo Qosimov, Namangan viloyatidagi “Jahongirmirzo ShSHXT” fermer xoʻjaligi rahbari:

– Fermer xoʻjaligimiz tashkil etilganiga 15 yil boʻldi. Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligimizda qator oralab dehqonchilik mahsulotlarini ham yetishtiramiz. Bundan tashqari, mahsulotlarimizni qayta ishlaymiz. Yetishtirayotgan meva-sabzavotlarimiz ichki bozorda juda xaridorgir.

Endilikda biz xorijga ham eksportni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi hududlararo hamkorlik I forumida ishtirok etdik. Bu ochiq muloqotning ahamiyati katta boʻldi. Rossiyalik mutaxassislar tomonidan berilayotgan takliflarning juda koʻpi bizni qiziqtirdi. Texnika sotish yoki sotib olish, oʻzaro hamkorlikda tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va boshqa yoʻnalishlarda biz yangi va qiziqarli maʼlumotlar oldik. Yangi gʻoyalar ham tugʻildi.

Biz fermer xoʻjaligimiz faoliyatidan tashqari meva-sabzavotlarni quritishda ishlatiladigan dastgohlarni ishlab chiqarishni ham yoʻlga qoʻyganmiz. Bu borada ham rossiyalik mutaxassislardan maslahatlar oldik. Eksport yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik qilishni taklif qilishdi. Biz oʻz imkoniyatlarimizni tushuntirdik. Kelgusida hamkorlik qilishni rejalashtirdik. Mazkur biznes muloqot biz uchun xalqaro hamkorlikka erishish, eksportni yoʻlga qoʻyishda yangi eshiklarni ochdi.