English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik deputatlar ezgu tashabbusni boshladi
09:25 / 2021-02-10

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari Forumi va Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida yosh avlod manfaatlariga qaratilgan muhim g‘oya va tashabbuslar ilgari surildi.

Qolaversa, joriy yilning 27 yanvar kuni davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokama qilingan edi.  

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalq deputatlari Namangan viloyati va shahar Kengashi deputatlari aka-uka Olimxon va G‘iyosiddin Boboxanov tashabbusi bilan viloyat markazidagi 22- va 43-sonli umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq amaliy muloqot tashkil etildi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan ushbu muloqot davomida “Art Soft Holding” kompaniyasi biznes maslahatchisi Ibrohimjon Sattorov yoshlarga biznesni boshlash va samarali yuritish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirishlar berdi.

Bitiruvchi yoshlarning tadbirkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalardagi savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishlariga ko‘maklashish uchun O’zLiDeP deputatlarining amaliy ko‘magida har ikki maktabdagi hunarmandchilik kasb to‘garagiga duradgorlik asbob-uskunalari jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA