Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik deputatlar aholi farovonligi yo‘lida faol mehnat qilmoqda
15:26 / 2021-11-25

“Kuchli ijtimoiy faollik”ni asosiy vazifalardan biri sifatida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, aka-uka Olimxon va G‘iyosiddin Boboxonovlar tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

O’zLiDePdan saylangan deputatlarning tashabbusi bilan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida, ehtiyojmand, uzoq yildan buyon bemor, nogironligi bo‘lgan shaxslar moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanayotir.

Yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan ayolga jarrohlik amaliyotidan keyin davolanish va oilaviy sharoitini yaxshilash uchun, jigar serrozi tashxisi qo‘yilgan bir nafar bemorga xorijda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish hamda yana bir boquvchisini yo‘qotgan ayolga uy-joyini ta’mirlash va kuz-qish oylariga tayyorlash xarajatlari uchun moddiy yordam berildi.

Shuningdek, “Keksalar haftaligi” doirasida Namangan shahridagi Sohibkor, Chinor, Sharq tongi, Chorsu, Amir Temur, Gulpora, G‘ishtko‘prik, Sumalak guzari, Madaniy va Sharshara mahallalarida “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida madaniy-ma’rifiy va xayriya tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida boquvchisini yo‘qotgan, yakka-yolg‘iz va bemor yotgan 67 keksa holidan xabar olindi. Bundan tashqari, uzoq yillar tinch-totuv, ibratli xayot kechirib, boshqalarga chinakam namuna bo‘lib kelayotgan 18 nafar keksa-nuroniy munosib rag‘batlantirildi.

– Xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirish yo‘lida mehnat qilayotgan hududdan saylangan deputatlar faoliyatidan minnatdormiz, – deydi “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ulug‘bek Qo‘chqorov. – Bu kabi xayrli ishlar xalqimiz birdamligi va hayotidan rozi bo‘lish yashashida juda katta ahamiyat kasb etadi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA