Namangan viloyati “Agropilla” MCHJ rahbari Lobar Yaminova boshchiligidagi bir guruh ayollar pillachilikda ilg‘or tajribalarni rivojlantirish va sohada joriy etish bo‘yicha xitoylik mutaxassislar bilan tajriba almashish uchun o‘quv safarida bo‘lib qaytishdi.
Safar davomida ular ipakchilik hamda urug‘chilik korxonalarida bo‘lib, ipak qurti parvarishining Xitoy usuli va amaliyoti bilan tanishdi. Xitoylik mutaxassislar bilan o‘zaro tajriba almashib, bilim va malakalarini oshirishdi.
Xususan, Jiangu fan va texnologiya universitetida tut daraxtlaridan choy tayyorlash va chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish hamda ipak qurtini parvarishlash uchun sun’iy ozuqa tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvdan so‘ng yangi texnologiya asosida qurt urug‘larini jonlantirish va ipak qurtlarini parvarishlash jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Xuanxe ipakdan mato ishlab chiqarish va eksport qilish korxonalarida bo‘lishdi.
Senjandagi yana bir katta urug‘ zavodi faoliyati hamda Qishloq xo‘jaligi fan va texnologiya universiteti qoshidagi yangi navli tut ko‘chatlarini yetishtirish maskanidagi jarayonlar delegatsiya a’zolariga yangi g‘oyalar uchun asos bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi o‘quv safarlar soha xodimlarining yangi bilimlarga ega bo‘lishi, tarmoqning innovatsion rivojlanishiga hissa qo‘shishi hamda tajriba orttirishga sabab bo‘ladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/CeeDbm0eM08?si=Cf2ZlslDOPOjjJOK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
O‘zA