English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganlik 25 nafar talaba mamlakat chempionatida qatnashadi
12:28 / 2024-02-06

Namangan shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan hamda 18 yoshdan yuqori erkaklar va ayollar o‘rtasida viloyat birinchiligi o‘tkazildi.

O‘zbekiston muay-tay federatsiyasi Namangan viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan musobaqada barcha shahar va tumanlardan 150 dan ziyod sharqona yakkakurash ustasi g‘oliblik uchun ringga chiqdi.  

Viloyat birinchiligida Namangan muhandislik-texnologiya instituti jismoniy tarbiya va sport bo‘lim boshlig‘i, dotsent Ulug‘bek Qo‘chqorov boshchiligidagi sport to‘garagi tarbiyalanuvchilari salmoqli natijaga erishdi.  

Bu texnologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarning samarasidir. NamMTIning muay-taychi 37 nafar talabasi bahslarga kirishib, ulardan 25 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va mamlakat chempionatiga yo‘llanma oldi. Endilikda sportchi talabalar 14-18 fevral kunlari poytaxtimizda o‘tkaziladigan muay-tay bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida institut va viloyat sharafini himoya qiladi.  

Namangan to‘qimachilik sanoati institutining to‘qimachilik mashinalari fakulteti  talabasi Dilorom Abdujalilova muay-tay bo‘yicha sport ustasi bo‘ldi.  

Shu munosabat bilan institut rektori, professor Qurbonali Xoliqov tashabbusi bilan uni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri