Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganga Yaponiyaning ko‘chma tibbiy konteyneri keladi
17:36 / 2025-09-10

FOTOREPORTAJ

Yaponiyaning “Sansei Corporation” kompaniyasi prezidenti Naoki Shova boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. 

Mazkur kompaniya tibbiy muassasalarni qurish va jihozlash sohasida faoliyat yuritadi. Shuningdek, mazkur tashkilot mobil tibbiy konteynerlar ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. 2022 yilda Yaponiya hukumatining grant mablag‘lari asosida O‘zbekistonga tomograf bilan jihozlangan birinchi tibbiy konteyner yetkazib berilgan edi.

Endilikda Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan 6,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish, ya’ni qo‘shimcha 4 ta ko‘chma tibbiy konteyner yetkazib berish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Ushbu konteynerlarning bittasi Namanganga ajratilmoqda. 
Mehmonlarni viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov qabul qildi. 

[gallery-25236]

O‘zaro muloqotda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Naoki Shova Namangan viloyati delegatsiyasini shu yil noyabr oyida kunchiqar mamlakatda bo‘lib o‘tadigan xalqaro anjumanga taklif qildi. 

Hotam MAMADALIEV  (suratlar), O‘zA