Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandan Jiddaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviparvoz amalga oshirildi
17:38 / 2023-04-02

Prezidentimizning turizmni rivojlantirishga qaratilgan qator farmon-qarorlari hamda yaqinda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida ichki va tashqi turizm, shu jumladan ziyorat turizmni keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni shu maqsadda “Namangan xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan yurtimizga hamda xorijiy shaharlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yish borasida salmoqli ishlar qilinyapti. Jumladan, "CentrumAir” aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Namangan xalqaro aeroportidan birinchi bor "Namangan-Jidda" yo‘nalishidagi aviaqatnovlarning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ro‘yxatdan o‘tish oldidan aeroport va aviakompaniya direktorlari qizil lenta kesib, ramziy ma’noda yangi yo‘nalishidagi ilk parvozga start berdi. An’anaga muvofiq, havo kemasi aeroportda sun’iy suv arkasi hosil qilinib, karnay surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi. Aviakompaniyaning “B-737” rusumli havo kemasi Namangan shahridan Saudiya Arabistonining Jidda shahriga 150 nafar yo‘lovchini olib ketdi. Ushbu reys vodiyning markaziy havo darvozasidan haftasiga 10 martagacha amalga oshirish rejalashtirilgan. Qayd etish joiz, “Namangan-Jidda” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi parvozlarni yo‘lga qo‘ygan "CentrumAir” aviakompaniyasi mamlakatimizdagi xususiy aviatashuvchi kompaniya hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Namangan xalqaro aeroportidan Rossiya Federatsiyasi, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari singari mamlakatlardagi 18 ta xorijiy shaharlarga muntazam aviaqatnovlar amalga oshirib kelinmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA