French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi yangilanishlar – andijonlik jurnalistlar nigohida
14:08 / 2024-06-01

FOTOREPORTAJ

Namanganda shu kunlarda 63-Xalqaro gullar festivali qizg‘in davom etmoqda. Go‘zallik va nafosat bayramida qatnashish uchun ming-minglab yurtdoshlarimiz gullar shahriga tashrif buyurmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan bir guruh andijonlik jurnalistlarning Namanganga sayohati tashkil etildi.

– Gullardan shakllantirilgan chiroyli kompozitsiyalar barchamizda katta taassurot qoldirdi, - deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nazirjon Saidov. – Bevosita festivalga kelsak, gul sayli ishtirokchilari orasida nafaqat O‘zbekistonning turli viloyatlaridan, balki, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan kelgan mehmonlar ham anchagina. Turfa gullar ko‘rgazmalari, boshqa madaniy tadbirlar yuksak saviyada tashkil etilgan. Ayniqsa, rang-barang chechaklardan orolanib, ko‘ngilga yoqadigan iforga burkangan ajib manzaralardan ko‘z uzish qiyin. Usta gulkorlar, korxona, tashkilot va muassasalarning havaskor bog‘bonlari bayramga 100 dan ortiq kompozitsiyali ko‘rinishlar barpo qilgan.

Andijonlik ijodkorlar Namanganga sayohati davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent ochiq osmon ostidagi muzey majmuasiga tashrif buyurdi. Ular "Axsikent" arxeologik yodgorligining o‘rganilgan ob’ektlari, yodgorlik topilmalari, o‘ziga xos tarixi to‘g‘risida bir qator ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

[gallery-17658]

Sayohat so‘nggida mehmonlar “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida bo‘ldi. Bog‘ hududida yirik hunarmandlar markazi, 15000 kishi sig‘adigan masjid, savdo markazi, zamonaviy mehmonxona va villalar joylashgan.

Jurnalistlar sayohatdan ulkan taassurotlar oldi.  

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA