Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga 10 ming tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chati ekiladi
13:19 / 2024-04-02

FOTOREPORTAJ

Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi ko‘chat ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.

Shu munosabat bilan Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da o‘tkazilgan tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.  

[gallery-16724]

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Prezidentimizning shu yil 25-26-mart kunlari viloyatga tashrifi tarixiy o‘zgarishlarga asos bo‘layotganini ta’kidlab, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarga e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da umummilliy loyiha asosida bahorgi ekish ishlariga start berildi.

Ta’kidlash joiz, mazkur hududga 10 ming tupdan ziyod manzarali, noyob daraxtlar o‘tqazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar uning 2 ming tupi ekib bo‘lindi. Bugunning o‘zida ular soni yana 500 taga oshdi.  

Joriy yil bahor va kuz mavsumlarida viloyatda 15 million 496 ming dona manzarali, mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan. Shundan bahor mavsumida 9 million 682 ming donasi ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib,  hozirgacha 7 million 937 mingtasi, ya’ni 82 foizi ekib bo‘lindi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA