Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi xalqaro forum Saudiya OAV diqqat markazida
08:28 / 2025-09-21

Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi ommaviy axborot vositalari – O‘zAning yaqin hamkori – SPA axborot agentligi, shuningdek "Al-madina" va boshqa qator nashrlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namanganda bo‘lib o‘tgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" III xalqaro forumi ochilish marosimidagi nutqi hamda anjuman doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Al-Jassir bilan uchrashuvini keng yoritdi.

Nashrlar barcha sohalarda faol hamkorlik davom etayotganiga e’tibor qaratgan. Davlatimiz rahbari ITB bilan loyihalarni ikki karra ko‘paytirish, infratuzilma, ijtimoiy soha va xususiy sektorni moliyalashtirish miqdorini oshirish nazarda tutiladigan uzoq muddatli Strategik sheriklik dasturi qabul qilish tashabbusini ilgari surgani ta’kidlangan.

Xususiy biznes salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz hududlarida zamonaviy tibbiyot markazlari barpo etish, avtomobil yo‘llarini zamonaviylashtirish, irrigatsiya tizimini tiklash va mustahkamlash kabi muhim yo‘nalishlarda aniq loyihalar ishlab chiqish zarurligi ma’qullangan.

Tomonlar infratuzilma, inson kapitali va xususiy sektor o‘sishi bo‘yicha yangi imkoniyatlarni o‘rganish orqali hamkorlikni mustahkamlashga sodiqliklarini tasdiqladilar.

Doktor Al-Jassir mamlakatimizda kechayotgan tub islohotlarni yuqori baholab, Prezidentimiz sa’y-harakatlari va umuman O‘zbekistonning tashabbuslarni boshqa rivojlanayotgan davlatlarga namuna qilib ko‘rsatgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA