Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi sport infratuzilmasi o‘rganildi
22:01 / 2024-12-25

Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati Namangan viloyatining sport infratuzilmasi va yoshlarga bu borada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ular dastlab Davlatobod tumanidagi sport maktabi va yangi barpo etilgan dzyudo zaliga tashrif buyurdi. Namangan dzyudo maktabi milliy terma jamoaga jahon chempionati sovrindori Obidxon No‘monovni yetishtirib bergan. Shu sababli viloyat yoshlari orasida dzyudoga qiziqish va ushbu sport bilan shug‘ullanuvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Suhbatda O.No‘monov singari iqtidorli sportchilarni saralash, ular bilan ishlash borasida fikr almashildi.

Tashrif davomida yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, jahon standartlariga javob beradigan “Okean” suzish havzasi ham ko‘zdan kechirilib, u yerdagi sharoitlar o‘rganildi. 

Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida muassasa faoliyati tahlil qilindi. Viloyat hokimligi, sport boshqarmasi, federatsiyalarning hududiy vakillari ishtirokida yangi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik va 2025 yil uchun rejalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda bo‘lajak Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘radigan namanganlik sportchilar ro‘yxati ko‘rib chiqilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida tavsiyalar berildi. 

Shuningdek, hududiy mutaxassislar bilan sport maktablarining faoliyatini yanada jonlantirish, undagi murabbiylar malakasini oshirish borasidagi ishlar belgilab olindi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA