Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi ochiq osmon ostidagi muzeyni bilasizmi?
12:53 / 2019-04-11

Axsikent yodgorligi – qadimiy shahar xarobasi. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan.


Axsikent yodgorligi – qadimiy shahar xarobasi. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani Shahand qishlog‘i hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. 

Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Axsikat shahri miloddan avvalgi III-II asrlarda vujudga kelgan, IX-X asrlarda Farg‘ona vodiysining poytaxti bo‘lgan. 1219 yilda mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Uning eski o‘rnidan 5-7 kilometr g‘arbda bunyod etilgan yangi Axsikat esa XIV-XVII asrlarga mansubdir.

Yodgorlikni arxeologik o‘rganish ishlari XIX asr oxiri va XX asr avvalida boshlangan. Axsikent xarobalaridan g‘arbroqda o‘rta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akademik Ya.G‘ulomov va arxeolog I.Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lgani, ulardan biri qadimgi Axsikat va ikkinchisi Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan Axsikent ekanini birinchi bo‘lib isbotlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktabrdagi “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida “Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Namangan viloyati hokimligi muassisligida "Axsikent" arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi tashkil etildi. 

Yodgorlik majmuasini muhofaza qilish, but saqlanishini ta’minlash va belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan arxeologiya qidiruvlari, qazishma va arxeologiya nazorati tashkil etish, chuqur ilmiy arxeologiya tadqiqot natijalari asosida majmuaning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish mazkur direksiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

3.jpg

4.jpg

8.jpg

10.jpg

13.jpg