Namangandagi korxonada har oyda o‘rtacha 60 tonnagacha choy qadoqlanib, ichki bozorga yetkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida joylashgan “Milliy Tea” xususiy korxonasi 2022 yilda faoliyat boshlagan bo‘lib, choy qadoqlash bilan shug‘ullanadi.
Bu yerda 15 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ularning mehnati bilan har oyda o‘rtacha 60 tonnagacha choy qadoqlanib, ichki bozorga yetkazib berilmoqda.
Korxonada ishlab chiqarish jarayoni, xususan, choyni saralash, qadoqlash va tayyor mahsulot holatiga yetkazish bosqichlari zamonaviy texnologiyalar yordamida sifatli bajariladi.
[gallery-24570]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA