English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi agrosanoat klasterida paxta hosili terim kombaynlarida yigʻib olinadi
10:35 / 2020-08-24

Namangan viloyatidagi “Art Soft Holding” MCHJ agrosanoat klasterining Pop tumanida joylashgan mashina-traktor parkiga navbatdagi 20 ta yangi TZST CE 220 rusumidagi paxta terish kombaynlari keltirildi.


Namangan viloyatidagi “Art Soft Holding” MCHJ agrosanoat klasterining Pop tumanida joylashgan mashina-traktor parkiga navbatdagi 20 ta yangi TZST CE 220 rusumidagi paxta terish kombaynlari keltirildi.

“Art Soft Holding” MCHJ agrosanoat klasteri yurtimizdagi yirik xolding kompaniyasi boʻlib, uning tarkibida “Art Soft Textile”, “Art Soft Chamanzor”, “Art Soft Promzona”, “Art Soft Nanay”, “Art Soft Boʻston”, “Art Soft Spinning”, “PapFen” kabi yirik korxonalar toʻliq quvvat bilan faoliyat yuritmoqda. Pop va Mingbuloq tumanlaridagi gʻalla maydonlari toʻlaligicha ushbu agrosanoat klasteri tasarrufiga oʻtkazilgan boʻlib, ayni paytda qishloq xoʻjaligi sohasini keng miqyosda modernizatsiyalash ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikalari zavodidan 26 milliard soʻmga xarid qilingan paxta terish kombaynlari paxta hosilini tez surʼatlarda va sifatli terish, eng asosiysi, qoʻl mehnati darajasini pasaytirish maqsadiga xizmat qiladi.

3.JPG