Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangandagi abgor holga kelgan "Yangi ariq" kanali ko‘rkam qiyofaga kiradi
09:12 / 2021-05-27

Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, aholi orasida turli xil yuqumli kasalliklarning oldini olish, qolaversa, atrof-muhitni muhofaza etishda kanal, ariq, zovurlarga doimiy e’tibor ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov shahar markazidan oqib o‘tuvchi "Yangi ariq" kanali qirg‘oqlarini obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish, xususan kanal qirg‘og‘ida alleya qurilishi ishlariga start berdi.

bugungi kunda abgor holga kelib qolgan "Yangi ariq" kanali shaharni suv bilan ta’minlovchi tarixiy suv yo‘llaridan hisoblanib, ancha yillardan beri alohida qarovga muhtoj edi.

Ta’kidlash joiz, Shimoliy Farg‘ona magistral kanali va Namangansoyning tubini qazish, yon-atroflarini rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, xususan piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘lkalar, dam olish o‘rindiqlari, zamonaviy tungi chiroqlar, vork-aut va stritbol jihozlarini o‘z ichiga olgan, ko‘kalamzorlashtirilgan alleyalar bunyod etish orqali aholiga sport va sog‘lomlashtirish yo‘lida qator qulayliklar vujudga keladi.

Ma’lumot o‘rnida, bu kabi bunyodkorlik ishlari bundan uch yil oldin Shimoliy Farg‘ona magistral kanali qirg‘oqlarida ham amalga oshirilgan edi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA