Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda zargarlik korxonasi ish boshladi
17:02 / 2021-09-15

Namangan shahrida o‘zbek milliy brendini dunyoga tanitishni maqsad qilgan “Gavhar Jewel Group” korxonasi ish boshladi.

Qimmatbaho metallar va toshlarni xarid qilish, qayta ishlash va boshqa barcha zargarlik faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi ushbu korxonaning loyiha qiymati 6,5 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Mahsulot sifatli va xaridorgir bo‘lishi uchun Italiya, Germaniya va Turkiya davlatlaridan korxonaga dastgohlar keltirib o‘rnatildi.  Qolaversa, ishlab chiqarish jarayoniga ushbu davlatlardan yuqori malakali mutaxassislar ham jalb etildi. Xorijdan kelgan mutaxassislar korxona xodimlarining klassifikatsiyasini oshirishda katta yordam beradi.

Mazkur korxona faoliyat boshlashi natijasida 40 dan ziyod aholi ish bilan ta’minlandi hamda 150 dan ziyod mahalliy zargarlar bilan kooperatsiya asosida ishlash yo‘lga qo‘yildi. 2022 yildan bu yerda tayyorlangan mahsulotlarning 20 foizini chet elga eksport qilish rejalashtirilgan.

Korxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.  

 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA