FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuvda yoshlar yetakchilari mahallalardagi faoliyat jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va amaliy tashabbuslar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalla hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surildi.
[gallery-28059]
Tadbir yakunida “TOP-100” reytingidan joy olgan yoshlar yetakchilarining ota-onalariga, farzandlarini jamiyat hayotida faol insonlar qilib tarbiyalagani uchun ehtirom ko‘rsatildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA