Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda yosh iste’dod egalari saralandi
09:30 / 2021-11-30

Namanganda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Yozuvchilar uyushmasi viloyati bo‘limlari hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!” Respublika ijodiy ishlar tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirok etish maqsadida 15-30 yosh toifasidagi 400 dan ortiq yosh o‘g‘il-qiz anketalar topshirdi. Ular orasidan saralangan iste’dod egalari “tasviriy va amaliy san’at”, “Adabiyot va publitsistika”, “Milliy maqom” va “Milliy estrada” yo‘nalishlarda o‘z mahoratini sinab ko‘rdi.

– Tanlovni o‘tkazishimizdan asosiy maqsad, yosh avlod o‘rtasida yurtimizdagi islohotlarga daxldorlikni oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ololadigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashdir, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan shahar bo‘linmasi rahbari Tohirjon Madaminov. – Bu kabi tanlovlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning adabiyot, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, iste’dod va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, san’at, madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi sohalarga intilishlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika ijodiy ishlar tanlovining hududiy saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, 9 nafar iste’dod sohibi uchta yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar sifatida e’tirof etilib, viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari va shahar madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA