Namangan davlat pedagogika institutida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladigan “Yil ayoli” milliy tanlovining Namangan viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda tuman va shahar bosqichlarida yuqori natijalar ko‘rsatib, g‘olib deb topilgan 100 nafardan ortiq faol, ilmiy izlanuvchi olima, jamoat faoli, fidoyi mehnatkash xotin-qiz ishtirok etdi. Qatnashchilar orasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislardan tortib, mahalla va oilada faollik ko‘rsatayotgan uy bekalarigacha bo‘lgan turli toifadagi ayollar o‘rin oldi. Tanlovda 11 ta nominatsiya bo‘yicha ishtirokchilarning mahoratlari sinovdan o‘tkazildi.
Ishtirokchilar Nizomda belgilangan uchta asosiy shart – kasbiy tajribasi, ijtimoiy faolligi va shaxsiy yutuqlarini namoyish etdi. Shuningdek, jarayonlarda qatnashchilarning fidoyiligi, rahbarlik qobiliyati, ijtimoiy loyihalardagi faolligi hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalari alohida baholandi.
[gallery-26507]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA