Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi
20:39 / 2023-03-06

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida bu boradagi aniq vazifalar belgilab berilgan.  

Loyihaga asosan Namangan viloyatida 2021-2022 yillarda 21 million  831 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Bugun esa ushbu loyihaning bahorgi mavsumiga start berildi.  

[gallery-10864]

Yangi Namangan tumanining «Saxovat» mahallasi hududida boshlangan daraxt ekish tadbirida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar mutasaddilari, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi.

Ma’lumot uchun, “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumida Namangan viloyatida 9 million 692 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalari ekish rejalashtirilgan. Bu bo‘yicha viloyatda 7 million 740 ming dona ko‘chat zaxiralari shakllantirildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA