English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda “Yashil energiya tamoyili” asosida Koreya bilan manfaatli loyiha amalga oshiriladi
11:35 / 2022-07-16

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Koreya Respublikasining “Uenergy” korporatsiyasi vitse-prezidenti Gonni Ax va “Owell Group – Korea C&D” korporatsiyasi prezidenti Ox Xo Yun bilan uchrashdi.

Ma’lumot o‘rnida “Owell” Janubiy Kopyeyada asos solingan xalqaro shirkat hisoblanib, yashil energiyaga asoslangan holda plastik, mato va elektron mahsulotlar sanoati, elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqarish stansiyalari qurish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba, keng ko‘lamli loyihalar tashabbuskori sifatida tanilgan.

Amaliy muloqotda nufuzli doiradagi investorlar Namanganda muqobil energiya manbalariga asoslangan har xil turdagi stansiyalar va tarmoqlar qurish, bu sohani har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha konsultativ hamda amaliy ishlarda ko‘mak berish, mavjud energiya manbalari va iste’molchilarni “Yashil energiya tamoyili” asosida modernizatsiya qilishda ishtirok etish istagini bildirdi.

Rasmiy qabul davomida koreyalik sarmoyadorlar ushbu sohadagi tajriba va takliflarini o‘zida jamlagan taqdimotni havola qildi.

Shavkat Abdurazzoqov hamkorlarning taqdimoti uchun tashakkur bildirib, ushbu istiqbolli rejalarni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan barcha zarur tadbirlar tomonlarning konstruktiv muloqoti asosida tezkor yechilishi, asosiysi ishga tez kirishish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga asos bo‘luvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA