Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda yana bir yirik sanoat korxonasi
17:52 / 2023-09-06

Namangan viloyatida aholi farovonligi hamda Vatanimiz ravnaqini yuksaltirishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish ob’ektlari soni yana bittaga ko‘paydi. Chust tumani hududida joylashgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasida navbatdagi yirik istiqbolli loyiha – “Siberian Wellness Namangan” xorijiy korxona foydalanishga topshirildi. Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Yangi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mevani qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur korxona 4 gektar yer maydoniga ega. 6 million dollar investitsiya kiritilgan zavodda 24 ming tonna meva qayta ishlanib, 2 ming 500 tonna meva konsentrati ishlab chiqariladi. Ular texnologik jihatdan Markaziy Osiyoda yagona sanaladi. Bu, o‘z navbatida, 5 million dollar miqdorida mahsulot deganidir. Shu bilan birga, mahsulot to‘liq eksportga yo‘naltiriladi va yiliga 9 milliard so‘m byudjetga soliq tushumi amalga oshiriladi. Quvonarlisi, yangi korxonada 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi.  

Xorijiy korxona tomonidan loyihaning birinchi bosqichida, ya’ni ikki yil oldin 4 million dollar mablag‘ sarflanib, Fransiyadan bodom, o‘rik, shaftoli, gilos, uzum, olxo‘ri va nok kabi mevali daraxt ko‘chatlari keltirilib, 400 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo qilingan edi. Bu ishlarni bajarish uchun 90 nafar fuqaro jalb qilinib, ularning bandligi ta’minlangan.  

[gallery-13468]

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA muxbirlari