Keyingi yillarda bir qator xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilayotgan Namangan viloyati respublikaning sport markaziga aylanib bormoqda.
Kuni kecha Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida Markaziy Osiyo mintaqasining eng nufuzli voleybol turnirlaridan hisoblangan “Buyuk ipak yo‘li” – “CAVA Army and Police Volleyball Championship” xalqaro turniriga start berildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov hamda ichki ishlar organlari mutasaddilari musobaqa ishtirokchilarini O‘zbekiston zaminiga tashrif bilan qutlab, ularga omad tiladi.

Mazkur xalqaro musobaqada Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar – O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibidagi eng kuchli 10 ta voleybol jamoasi g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Musobaqaning g‘olib va sovrindor jamoalari 28 noyabr kuni aniqlanadi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.