FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumani Mingchinor mahallasida “NANO PHARMACEUTICAL” MCHJ tomonidan dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha qiymati 20 million AQSH dollarini tashkil etadi, shundan 5 million dollari mahalliy mablag‘, 15 million dollari esa Xitoy kompaniyasi investitsiyasi hisoblanadi.
Yangi korxonada yiliga 40 million dona dori vositalari ishlab chiqarilib, shundan 3 million dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. Loyiha doirasida yuzta ish o‘rni yaratiladi.
[gallery-26116]
Korxona “MERRY MED FARM” MCHJning yangi loyihasi hisoblanadi. 2010 yilda tashkil etilgan mazkur korxona tarkibidagi 30 ta sexda hozirgi kunda 1200 nafardan ziyod xodim ish bilan band bo‘lib, 180 dan ortiq turda dori vositalari jahon standartlari talabi darajasida ishlab chiqarilmoqda. Korxona mahalliy bozor bilan birga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Tojikistonga mahsulot eksport qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA