French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda xususiy maktablar soni yana bittaga ko‘paydi
19:36 / 2023-08-23

FOTOREPORTAJ

Yangi Namangan tumanida barpo etilgan Boborahim Mashrab nomidagi xususiy maktab yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga o‘z bag‘rini ochadi. 

Mingchinor mahallasida qad ko‘targan mazkur ta’lim muassasasining loyiha qiymati 4 milliard so‘mni tashkil etdi. Ayni paytda yakuniy pardozlash-jihozlash ishlari bajarilmoqda. 

[gallery-13229]

Muassasa 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda o‘g‘il-qizlarning zamonaviy standartlar asosida ta’lim-tarbiya olishi uchun qulay sharoit va imkoniyatlar yaratildi.

Yangi maktabda ingliz va rus tillari hamda  va aniq fanlar chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA