Namanganda “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimligida millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglikka munosib hissa qo‘shgan bir guruh yurtdoshlarimizga “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillari o‘rtasida millatlararo do‘stlik va totuvlik, diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijtimoiy soha vakillari mazkur nishonga munosib topildi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA