Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida II Xalqaro asal festivali boshlandi.
Mazkur festivalda qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasidan jami 100 dan ortiq asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor va ekspertlar o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Festivalning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Tadbir o‘zaro hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlash, shuningdek, asalarichilik sohasida xalqaro tajriba almashuv platformasini yaratish, asalarichilikka innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda sanoatlashtirish hamda dunyoda shu yo‘nalish rivojlangan Rossiya hamda Qozog‘iston kabi yirik 10 talik davlatlar ichidan joy olish maqsadiga qaratilgan.
[gallery-14242]
Festival doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga 1000 kg miqdoridagi asal bepul tarqatiladi.
Tadbir viloyatda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivoj topishida o‘z samarasini berishi bilan ham ahamiyatlidir.
O‘zA fotomuxbiri
Hotam Mamadaliyev olgan suratlar