Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda xalq taʼlimi boʻlimlariga “Spark” avtomashinalari berildi
19:39 / 2019-08-29

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻining tantanalar majmuasida taʼlim tizimi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻining tantanalar majmuasida taʼlim tizimi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Prezidentimizning shu yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkazgan videoselektor yigʻilishining mazmun-mohiyati, bu borada belgilab berilgan dolzarb vazifalarga bagʻishlangan uchrashuvga viloyatdagi mavjud 685 ta umumtaʼlim maktabining direktorlari, ilgʻor, faol va tashabbuskor oʻqituvchilari, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Uchrashuvda viloyat hokimi soha vakillari bilan taʼlim-tarbiya, yosh avlod kamoloti, bu borada pedagog va tarbiyachilar, ustoz-muallimlarning mashaqqatli mehnati, bu mehnat samaradorligini oshirishning omillari, xususan, taʼlim-tarbiya ravnaqi, oʻqituvchilarning qadr-qimmati va jamiyatdagi oʻrni va mavqeini oshirish boʻyicha fikr almashildi.

– Prezidentimizning taʼlim istiqboli borasida Namangan tajribasini yoʻlga qoʻyish kerak, deya alohida bildirgan fikrlari bizga bildirilgan katta ishonch boʻlib, zimmamizga ulkan masʼuliyat yuklaydi, – dedi viloyat hokimi. – Shundan kelib chiqib viloyatda taʼlim-tarbiya sohasiga ilgʻor va innovatsion usullarni keng tatbiq etish, buning uchun rivojlangan, xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish, ayniqsa, Yaponiya taʼlim tizimidagi ilgʻor va rivojlangan jihatlarga alohida eʼtibor qaratish, bir soʻz bilan aytganda, taʼlim-tarbiyada butun mamlakatga oʻrnak boʻladigan Namangan tajribasini yaratish, ishlab chiqish va hayotga muvaffaqiyatli joriy etish borasida qattiq izlanishimiz kerak. Biz yaratadigan Namangan tajribasi mutlaqo yangicha, kreativ yondashuvlar bilan ajralib turadiki, bu borada biz endi maktablarni kapital va joriy taʼmirlash, ularda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishda faqatgina Davlat dasturlari, Investitsiya dasturlariga koʻz tikib turmaymiz. Bu borada ichki imkoniyatlar ham keng ishga solinib, mahalliy hokimliklar ham tashabbus koʻrsatadi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda oʻquvchilarni yuqori intellektual salohiyatli shaxs sifatida kamol toptirish, ular orasidan nafaqat mamlakatimiz miqyosida, balki, xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlari, chempionlar, umuman, ilm-fan, sport va sanʼat, taʼlimning barcha yoʻnalishlarida yuksak isteʼdodlarni tarbiyalash doimiy va jiddiy eʼtibor qaratilishi zarurligi haqida fikr almashildi.

– Davlatimiz rahbarining: “Maktab masalasi - kelajak masalasi, taʼbir joiz boʻlsa, hayot-mamot masalasi, maktabni oʻzgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni oʻzgartirib boʻlmaydi, mamlakat taqdiri muallimlar qoʻlida”, taʼkidining oʻzidan xalq taʼlimi sohasiga qaratilayotgan juda katta eʼtiborni anglab olish mumkin, – deydi Namangan shahridagi 82-umumtaʼlim maktabining direktori M.Mirzamova. – Biz soha xodimlari ham ana shunday yuksak eʼtirof va eʼtiborga munosib boʻlishimiz kerak.

Taʼkidlandiki, bunga ustoz-muallimlarning fidoyiligi va tinimsiz mehnatisiz erishib boʻlmaydi. Shunday ekan, viloyatda xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchisi va direktorini avtomashinalar bilan taqdirlash joriy etiladi.

Izlanish, intilish va tashabbus aslo chetda qolmasligi, munosib ragʻbatgina muvaffaqiyatlarga omil boʻlishidan kelib chiqib, oʻqituvchi mehnatini qadrlash, ular uchun qulaylik va keng imkoniyatlar yaratib berish, bu borada taʼlim jarayonlarida sifat va samaradorlik, xorijiy davlatlarda malaka va tajriba almashuv borasida muntazam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, nodavlat taʼlim muassasalari tashkil etishga eʼtibor, oliy taʼlimda sessiya va sinov imtihonlariga xorijlik mutaxassislarni jalb qilish, adolat, xolislik va shaffoflikni taʼminlash bilan bogʻliq yangi tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida ragʻbat va eʼtibor ifodasi sifatida barcha shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlariga 12 ta “Spark” avtomashinasi topshirildi. Nafaqat xalq taʼlimi sohasida, balki oliy taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan eng faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan ustoz-muallimlar, professor-oʻqituvchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

photo5420452515616500526.jpg

photo5420452515616500527.jpg

photo5422820829302991599.jpg

photo5422820829302991600.jpg

photo5422820829302991601.jpg