Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda umumxalq hashari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda
10:39 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

Yurtimizda har bir ulug‘ bayram arafasida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan. Bu nafaqat shahar va qishloqlarimizni obod qilish, balki xalqimizning hamjihatligi va mehr-oqibatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugun erta tongdan mustaqilligimizning 34 yilligi oldidan butun mamlakat bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi. Yangi Namangan tumanida ham ushbu ezgu harakat yuksak ruh va uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.

[gallery-24890]

Mahallalarda xonadonlar, ko‘p qavatli uylar, ko‘cha va xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar tartibga keltirilmoqda. Yangi bog‘ va gulzorlar barpo etilib, mavjudlari yangicha ko‘rinish kasb etayotir. Bu ishlar nafaqat shaharning ko‘rkini oshirmoqda, balki odamlarning kayfiyatiga ham ijobiy ta’sir etmoqda.

Hashar jarayonida xayriya tadbirlari ham amalga oshirilmoqda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari va zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Yangi Namangandagi bu umumxalq harakati yurt ravnaqi va xalqimiz birdamligining yorqin ifodasi sifatida mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘lib xizmat qilmoqda.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA