Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda turizm sohasini rivojlantirish e’tiborda
10:14 / 2024-03-30

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati tashabbusi bilan “Namangan viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, “Xalqaro gullar festivali”ga tayyorgarlik hamda “Axsikent” majmuasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.  

Navro‘z mahallasidagi “Gulchilik logistika markazi”da o‘tkazilgan anjumanda viloyatdagi barcha mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari rahbarlari, markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuriddinov mavzu yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi. OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytardi.  

[gallery-16674]

Ta’kidlanishicha, viloyatga tashrif buyurgan mahalliy hamda xorijiy sayyohlar soni so‘nggi besh yilda sezilarli darajada o‘sib, turizm xizmatlari soni 2017-yilga nisbatan 600 barobarga ortgan. Anjuman ishtirokchilari ushbu yo‘nalishda 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi bilan tanishtirildi.  

Matbuot anjumanida “63-Xalqaro gullar festivali” joriy yilning 19-mayidan 23-iyuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgani hamda ushbu festivalni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.  

Shuningdek, anjuman davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent” majmuasining ko‘hna tarixini tiklashga berilayotgan e’tibor, uning buguni va kelajagi uchun amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jurnalist va blogerlar tadbir yakunida Navro‘z mahallasida gul yetishtirishdagi ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA