Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda tennis musobaqasi
16:35 / 2016-05-31

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan tennis turniri boshlandi.

Namanganda Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) taqvimidan joy olgan tennis turniri boshlandi.

Unda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, Avstraliya, Belarus, Gruziya, Slovakiya, Hindiston, Xitoy Taypeyi, Qozog‘iston va Turkiyadan ikki yuzga yaqin tennischi o‘zaro bahslashmoqda.

Turnirda Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Sarvinoz Saidxo‘jayeva, Go‘zal Yusupova, Sanjar Fayziyev, Shonig‘matjon Shofayziyev, Temur Ismoilov, Sharofiddin Abzalov kabi tennischilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Sabina Sharipova yosh tennischimiz Arina Folsni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida Sanjar Fayziyev qozog‘istonlik Temur Xabibullin ustidan zafar quchdi.

Juftlik bahslarida Shonig‘matjon Shofayziyev rossiyalik Dmitriy Surchenko bilan birga rossiyalik tennischilar Kirill Komarov va Aleksandr Lobkovni har ikkala setda 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Iste’dodli tennischimiz Sharofiddin Abzalov va rossiyalik Aleksey Filenko qozog‘istonlik tennischilar Sagadat Ayap va Jonsulton Chembotayevni 6:4, 6:3 hisobida yengdi.