Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namanganda Tayvan sarmoyasi ishtirokida 30 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
16:22 / 2023-02-12

Mamlakatimizning sanoat va tadbirkorlik markazi maqomiga ega bo‘lgan Namangan viloyatida samarali va manfaatli biznes yuritishga nafaqat mahalliy ishbilarmonlar, balki xorijlik investorlarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xususan, tayvanlik bir guruh investorlar Namangan shahrida turli loyihalarni amalga oshirish borasida shahar hokimligi mutasaddilari bilan muzokaralar olib borishayotgan edi. Ushbu sa’y-harakatlar o‘z samarasini berdi. Ikki tomonlama bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda sharqiy osiyolik sarmoyadorlar mablag‘lari hisobidan qariyb 30 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 ta loyiha yuzasidan shartnomalar imzolandi.

Xususan, "Jingdian cultural and creative co.Ltd" kompaniyasi bilan tibbiyot va farmasevtika sohasida loyiha amalga oshirish uchun 800 ming dollar; "High Tek group" korxonasi bilan muqobil energiya manbalari yaratish borasida 20 million dollar; "Pushi tea creative co. Ltd" ishlab chiqarish kompaniyasi bilan choy qadoqlash loyihasi uchun 500 ming dollar; "Chef hung food co.Ltd" bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish borasida 1 million dollar; qurilish sohasida hamkorlik qilish yuzasidan "Jumlee steel Inc" korxonasi bilan 5 million dollar hamda "Good locks smart home co.Ltd" komapniyasi bilan zamonaviy uy va inshootlar uchun qulflar ishlab chiqarish borasida 1 million dollar miqdoridagi o‘zaro manfaatli qator kelishuvlarga erishildi.

Qayd etish joiz, tibbiyot, sanoat, ishlab chiqarish, qurilish kabi yo‘nalishlarda yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari boshlanib, Tayvan kapitali ishtirokidagi oltita korxona Adliya vazirligi tasarrufidagi Namanagan shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olindi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.